Toshkentda so‘nggi sutkada 77 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 12 martidan boshlab Toshkentda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yana jiddiylashyapti. Sog‘liqni saqlash vazirligi e’lon qilgan ma’lumotlar shunda darak beryapti.

Joriy yilning 12 mart kuni O‘zbekistonda 89 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 70 nafari Toshkentda qayd etilgan. Qolgani Qoraqalpog‘iston Respublikasi (4 nafar), Andijon (3 nafar), Xorazm (2 nafar) va Samarqand (1 nafar) viloyatlarida aniqlangan.

Kecha, 13 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 86 nafarga oshib, 80567 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

3 nafari Andijon viloyatida,
1 nafari  Jizzax viloyatida,
1 nafari Surxondaryo viloyatida,
4 nafari Toshkent viloyatida,
77 nafari Toshkent shahrida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

•    Buxoro viloyatida 7 nafar,
•    Surxondaryo viloyatida 4 nafar,
•    Farg‘ona viloyatida 1 nafar,
•    Toshkent viloyatida 16 nafar,
•    Toshkent shahrida 74 nafar bemor tuzalgan.

Kasallikdan sog‘ayganlar 97 nafarga oshib, jami 79242 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 703 nafar bemordan 141 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

724

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing