Toshkentda stikersiz haydovchilarni jarimaga tortish boshlandi

Jamiyat

image
Toshkentda reyd boshlandi north_east

Toshkentda reyd boshlandi

Toshkent shahrida 31 mart kuni soat 20:00 dan 1 aprel 7:00 gacha yo‘llarida 168 ta tegishli ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlangan avtomobillar aniqlandi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Qoidabuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54 moddasi 2 qismi “Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish” bo‘yicha bayonnmalar rasmiylashtirildi. Mazkur moddaga binoan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.

Jami 27 107 ta avtotransport vositalari tekshirildi. 1 912 ta turli xil huquqbuzarliklar aniqlandi. Shulardan 766 tasi bevosita karantin qoidalarini buzish bilan bog‘liq, tegishli ruxsatsiz (stikersiz) harakatlangan avtomobillar soni 168 tani tashkil etdi. Jarima maydonchasiga joylangan avtotransport vositalarining umumiy soni 545 tani tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 30 mart soat 06:00 dan 20 aprel soat 00:01 ga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)larsiz avtomobil boshqarish taqiqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

karantin ruxsatnoma

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing