Toshkentda Spark va Malibu to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi
3-sahifa
−
26 yanvar 2024 8439 1 daqiqa
Toshkent shahri Chilonzor tumanida Malibu va Spark ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida bir nafar shaxs vafot etdi. Bu haqda IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.
Bugun, 26 yanvar kuni soat 02:20 larda Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi Chilonzor buyum bozori qarshisida 2004 yilda tug‘ilgan A.T. boshqaruvidagi Malibu 2 va 1997 yilda tug‘ilgan B.B.ga tegishli Spark avtomashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Mazkur YTH oqibatida Spark rusumli avtomashinasi haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, Spark avtomashinasining 1 nafar yo‘lovchisi tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
“Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral