Toshkentda Spark Lacetti bilan to‘qnashdi. Ikki kishi halok bo‘ldi

3-sahifa 7532
image
-

Joriy yilning 7 avgust kuni Toshkentning Mirobod tumanida Spark Lacetti bilan to‘qnashdi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘ldi.

YTH soat 20:30 larda Farg‘ona yo‘li ko‘chasi va Badaxshon ko‘chasi chorrahasida yuz bergan. 1964 yilda tug‘ilgan M.O. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomobil va 1997 yilda tug‘ilgan A.Q. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobil o‘zaro to‘qnashgan. YTH sabablari aniqlashtirilmoqda.

To‘qnashuv natijasida Spark rusumli avtomobil yo‘lovchilari voyaga yetmagan 2017 yilda tug‘ilgan M.M., 1968 yilda tug‘ilgan M.O., Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi A.Q. tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. Spark rusumli avtomobil haydovchisi M.O. va yo‘lovchisi 1959 yilda tug‘ilgan D.E. olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 193
Reyting: 3.2
Teglar
t
×