Toshkentda Spark ag‘darilib ketishi oqibatida 3 kishi jarohatlandi

3-sahifa

image

Toshkentda Spark mashinasi ag‘darilib ketishi oqibatida 3 nafar fuqaro tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi. 

Kecha, 13 may kuni soat 05:00 larda Chilonzor tumanida 2003 yilda tug‘ilgan A.S. Spark mashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yoqotgan va oqibatda avtomobil ag‘darilib ketgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi A.S., 2000 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi D.A., hamda 1975 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi D.X. tan jarohatilari olib shifoxonaga yotqizilgan. 

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 may kuni Toshkent shahar Yangihayot tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 1 nafar shaxs halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent Spark

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing