Toshkentda Spark 70 yoshli ayolni urib yubordi
3-sahifa
−
13 Oktabr 2023
10922Toshkent shahri Yunusobod tumanida Spark rusumli avtomashina haydovchisi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 70 yoshli ayolni urib yubordi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, bugun, 13 oktyabr kuni soat 08:50 lar atrofida Toshkent shahar Yunusobod tumanida 46 yoshli haydovchi U.M. Spark avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan 70 yoshli X.N.ni urib yuborgan. X.N. ushbu YTH oqibatida olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Unga peshona sohasi gematomasi va shilinish jarohati, burun, bel sohasi hamda katta boldir suyagida yopiq sinish jarohatlari tashxisi qo‘yilgan.
“Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda”, deydi Ergash Tuychiyev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Yashnobod tumanida 28 yoshli fuqaro Spark avtomashinasi urib ketishi oqibatida vafot etgan edi. Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumanida ISUZU rusumli avtobus va Lacetti avtomobili ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi vafot etgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr