Toshkentda Spark 3 nafar hindistonlikni bosib ketdi

3-sahifa

image

Kecha, 13 oktyabr kuni, soat 22:30 larda Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida Spark 3 nafar chet el fuqarosini urib yubordi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. 

To‘ychiyevning bildirishicha, mazkur holat bo‘yicha xabar kecha, 13 oktyabr kuni soat 23:55 da YHXBga kelib tushgan.

Unga ko‘ra, Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida 18 yoshli haydovchi T.Sh. Spark avtomobilini boshqarib kelayotib, 3 nafar Hindiston fuqarosini urib yuborgan. 

Oqibatda 40 yoshli P.X. chap boldir suyagi sinishi, 40 yoshli I.R. bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, 45 yoshli X.A. esa bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 oktyabr kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida  Spark  rusumli avtomashina haydovchisi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 70 yoshli ayolni urib yuborgan edi. Shuningdek, Toshkent shahri Yashnobod tumanida 28 yoshli fuqaro Spark avtomashinasi urib ketishi oqibatida vafot etgandi. Mirzo Ulug‘bek tumanida ISUZU rusumli avtobus va Lacetti avtomobili ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent Yakkasaroy Spark chet el fuqarosi hindistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing