Toshkentda soxta ziyoratchi katta miqdordagi dori bilan ushlandi
3-sahifa
−
06 noyabr 2025 6838 1 daqiqa
Toshkent xalqaro aeroportida “yashil yo‘lak”dan o‘tmoqchi bo‘lgan va o‘zini Umradan qaytgan ziyoratchi sifatida ko‘rsatgan shaxsning sumkasidan katta miqdordagi hujjatsiz dorilar topildi. Bu haqda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaroning noodatiy xatti-harakatlari bojxona xodimlari tomonidan shubha ostiga olingan.
Aniqlanishicha, o‘zini Umra ziyoratchisi sifatida tanishtirgan va shu ko‘rinishda bo‘lgan shaxs aslida Dehlidan uchib kelgan.
Ushbu fuqaroga tegishli bo‘lgan yo‘l sumkalari tekshirilganda, taxminiy qiymati 204 mln 972 ming so‘m bo‘lgan jami 1798 dona har xil turdagi va nomdagi biror tegishli hujjatlari bo‘lmagan dori vositalari borligi aniqlangan.
Bildirilishicha, hozirda mazkur holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini savdoga kiritilishining oldi olingandi.
Live
Barchasi