Toshkentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida piyoda vafot etdi
3-sahifa
−
21 may 2024 4797 1 daqiqa
Kecha, 20 may kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Hodisa soat 21:00 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Yuzrobod ko‘chasi 4-uy qarshisida sodir bo‘lgan. 1989 yilda tug‘ilgan (erkak) P.M. Matiz rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yoshi 35-40 atrofida rus millatiga mansub piyodani urib yuborgan. Piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025