Toshkentda skuter va mototsikl to‘qnashuvida haydovchilar vafot etdi

3-sahifa

image

Kecha, 8 iyun kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida skuter va mototsikl to‘qnashib ketishi oqibatida ikkala haydovchi ham vafot etdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, soat 02:00 larda Sergeli tumani Fayzli Toshkent ko‘chasida 1999 yilda tug‘ilgan Sh.X. boshqaruvidagi QJ Motors rusumli mototransport vositasi va 2000 yilda tug‘ilgan M.Z. boshqaruvidagi Drongo rusumli skuter to‘qnashib ketgan va oqibatda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Boshqarmaning qo‘shimcha qilishicha, baxtsiz hodisada ikkala haydovchilar ham olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan. 

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 aprel kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida Cobalt rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi skuter boshqarib ketayotgan fuqaro va undagi yo‘lovchini urib yuborgandi. Haydovchi tez yordam kelgandan so‘ng, voqea joyidan qochib ketgani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

mototsikl Sergeli skuter

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing