Toshkentda sifatsiz benzin sotayotgan “zapravka”lar aniqlandi
Jamiyat
−
29 Oktabr
4400Toshkent shahridagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Bildirilishicha, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida AYOQSHlarda qoidabuzarlik holatlari aniqlanmoqda.
Xususan, Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan “S.G.O.” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilganda AI-92 va AI-95-rusumli avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) ma’lum bo‘lgan.
Bu kabi holat Shayxontohur tumanida joylashgan “E.O.P.” MCHJga qarashli AYOQSHda ham aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQSHlarda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatilgan.
LiveBarchasi