Toshkentda SHHTning Xalq diplomatiyasi forumi o‘tkaziladi

Jamiyat

image

11-12-may kunlari Toshkentda “Xalq diplomatiyasi – taraqqiyot yo‘lida o‘zaro hamjihatlik” shiori ostida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning Xalq diplomatiyasi forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

Tadbir O‘zbekistonning SHHTga raisligi tashabbusida o‘tkaziladi. 

Forumda SHHTga a’zo davlatlar parlamentlari, xalqaro tuzilmalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek, ilmiy-tahlil markazlari vakillaridan iborat 120 dan ortiq ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda. 

Forum avvalida ishtirokchilarga tabrik nutqlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Senati Raisi Tanzila Norboyeva, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, SHHTning yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik bo‘yicha Xitoy qo‘mitasi raisi Chen Yueyuye va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov so‘zga chiqadi. 

Ikki yo‘nalishda bo‘lib o‘tadigan yalpi majlisda – “Xalqaro hamkorlikda xalq diplomatiyasining o‘rni” va “Xalq diplomatiyasi – zamonaviy davlatlararo muloqotning muhim elementi: SHHTga a’zo davlatlarning tajribasi” mavzularida ishtirokchilar “SHHT oilasi” mamlakatlari o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalarni mustahkamlash maqsadida xalq diplomatiyasi vositalaridan samarali foydalanish yo‘llarini muhokama qiladilar.  

Forum yakunlari bo‘yicha SHHT xalq diplomatiyasining Toshkent kommyunikesini qabul qilish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

ShHT

Baholaganlar

26

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing