Toshkentda ruhiy nosog‘lom erkak qo‘shni ayolni kaltakladi (video)
3-sahifa
−
03 iyun 2024
9956Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi ayol kishiga qo‘l ko‘targanligi aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 1 iyun kuni taxminan soat 17:00 larda Yashnobod tumanining Ohanrabo ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida 1998 yilda tug‘ilgan, ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turuvchi A.A. qo‘shnisi 1986 yilda tug‘ilgan N.X. va uning voyaga yetmagan farzandlari bilan o‘zaro tortishib qolgan. So‘ng A.A. fuqaro N.X. ni sochidan sudrab, unga nisbatan kuch ishlatgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Fuqaro A.A. ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga joylashtirilgan.
“Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi