Toshkentda er xotinini vahshiylarcha kaltakladi (video)
3-sahifa
−
22 yanvar
15265Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida 22 yoshli kelin ovsini, qaynonasi va eri tomonidan vahshiylarcha kaltaklanishi oqibatida komaga tushib qolgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Mazkur holatga viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganov munosabat bildirdi.
Bildirilishicha, joriy yilning 16 yanvar kuni Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro K.G. va uning 2001 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i Sh.U. o‘rtasida oilaviy kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan. Janjal vaqtida fuqaro ayolni urib, tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvchi Chinoz tumani tibbiyot bo‘limiga murojaat qilgan.
Fuqaro K.G. protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 1261-moddasi (oilaviy maishiy zo‘ravonlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda. Jabrlanuvchining tan jarohatlari bo‘yicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Qayd etilishicha, holat Toshkent viloyati IIBB tomonidan qat’iy nazoratga olingan. Tergov yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Urgut tumanida xotinini bolalarining oldida belkurak bilan urgan erkak 3 yilga qamalgan edi.
LiveBarchasi