Toshkentda tarbiyachi nogiron bolani kaltakladi
3-sahifa
−
20 dekabr
5972Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi bog‘chalardan birida bolani bog‘cha opasi kaltaklagani tasvirlangan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, holat Olmaliq shahar 19-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maxsus davlat maktabgacha ta’lim muassasasida 2024 yilning 22 noyabr kuni tarbiyachi Q.D. tomonidan tarbiyalanuvchi Olmaliq shahar “H.Olimjon” MFYda yashovchi 2020 yilda tug‘ilgan S.A.ga nisbatan sodir etilgan.
“Vaziyat Olmaliq shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan to‘liq nazoratga olinib, tarbiyachining xatti-harakatlarini baholab, qonuniy chora ko‘rishi yuzasidan Olmaliq shahar IIBga murojaat qilindi. Ayni damda surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining Bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘basi tomonidan bolaning sog‘lig‘i o‘rganilayotganligi ham ta’kidlangan.
Ma’lum qilinishicha, hozirda voyaga yetmagan S.A. chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishga yo‘naltirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida o‘g‘il bolaga qizlar kiyimini kiydirib, uning lab va yuzlarini bo‘yagan tarbiyachi ishdan bo‘shatilgandi.
LiveBarchasi