Toshkentda restoran yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
23 Oktabr 2023 18136 1 daqiqa
Bugun, 23 oktyabr kuni poytaxtning Shayxontohur tumanida joylashgan restoran yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, bugun soat 04:51 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Shayxontohur” mahallasi Zulfiyaxonim ko‘chasi 21-uyda joylashgan restoranning tom qismi yonayotgani haqida FVBga xabar kelib tushgan. Unga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 04:54 da yetib borgan va yong‘in soat 05:29 da o‘chirilgan.
“Yong‘indan restoranning 200 metr kvadrat maydoni saqlab qolingan. Hodisa oqibatida hech bir fuqaro tan-jarohati olmagan va qurbonlar yo‘q”, deyiladi xabarda
Shuningdek, vazirlik ayni damda yong‘inning zarari aniqlanayotganini ma’lum qilgan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr