Toshkentda “raygaz” xodimi $3000 pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
01 iyun 3350 1 daqiqa
Toshkent shahrida “Mirzo Ulug‘bektumangaz” AJ xodimi bilan bog‘liq firibgarlik va korrupsion holat fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Mirzo Ulug‘bektumangaz” bo‘limi xodimi X.A. fuqaro I.A.ga tegishli binoni gaz tarmog‘iga ulash uchun 3 000 AQSH dollari evaziga go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali texnik shartnoma tuzib, texnik shartlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib berishini aytgan. Shundan so‘ng 1 000 AQSH dollarini X.A.ning topshirig‘iga ko‘ra fuqaro N.B. olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda davlat hisobidagi yerni tadbirkor nomiga o‘tkazib bermoqchi bo‘lgan tuman hokimiyati mansabdori va Farg‘onada 2,5 milliard so‘m kreditni 5 foiz ulush evaziga tanish tadbirkorga chiqarib bermoqchi bo‘lgan bank bo‘limi rahbari qo‘lga olingan edi.
Live
Barchasi