Toshkentda psixotrop modda ta’siridagi qiz Xitoy fuqarosini o‘ldirib qo‘ydi
3-sahifa
−
16 iyun 2023
15580Toshkentda psixotrop modda ta’siridagi 24 yoshli qiz Xitoy fuqarosini pichoqlab, o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Qayd etilishicha, 24 yoshli qiz o‘zi bilan yashab kelgan 38 yoshli xitoylik erkakni rashk tufayli pichoq bilan urib, qasddan o‘ldirgan. Bu vaqtda u psixotrop modda ta’sirida bo‘lgani ma’lum qilingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumonlanuvchi qiz protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 iyun kuni Buxoroda Ispaniya fuqarosi to‘satdan hushidan ketib, vafot etgandi. Shuningdek, shu yilning 2 iyun kuni Farg‘onada velosiped haydab ketayotgan Italiya fuqarosi Nexia-2 urib ketishi oqibatida halok bo‘lgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr