Farg‘onada italiyalik ayol Nexia urib ketishi oqibatida vafot etdi
3-sahifa
−
07 iyun 2023
12557Farg‘ona viloyatida velosiped haydab ketayotgan Italiya fuqarosi Nexia-2 urib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda QALAMPIRUZ’ga Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov ma’lum qildi.
Keltirilishicha, voqea joriy yilning 2 iyun kuni soat 10:10 lar atrofida Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumani “Azimobod”mahallasini kesib o‘tuvchi 4P-148A Bog‘dod-Oltiariq yo‘lining 2-kilometrida yuz bergan. 2002 yilda tug‘ilgan A.A. Nexia-2 haydovchisi velosipedni boshqarib ketayotgan 1956 yilda tug‘ilgan chet ellik ayol A.U.ni urib yuborgan.
Oqibatda jabrlanuvchi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, vafot etgan.
Holat yuzasidan Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etayotgani aytilmoqda.
LiveBarchasi