Koronavirus: bugun 4 o‘lim va 489 ta kasallanish qayd etildi

Jamiyat

image

Bugun, 23 iyul kuni O‘zbekistnda 489 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 54 nafari Karantin muassasalarida, 435 nafari tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 617 nafar bemordan 118 nafari og‘ir, 30 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 3 nafar, Qashqadaryo viloyatida 1 nafar, jami 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Sirdaryo, Namangan, Navoiy, Jizzax hamda Qashqadaryo viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida jami 277 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 18 868 nafar bemordan 10 149 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 53 foizni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

359

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing