Toshkentda mudhish YTH: 22 yashar piyoda halok bo‘ldi
Jamiyat
−
08 iyun 2019
6089Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida kecha, 7 iyun kuni ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan mudhish YTH sodir bo‘ldi.
Hodisa soat taxminan 22:10larda Toshkent halqa avtomobil yo‘lida (“CRAFERS” zavodi) yuz bergan.
Poytaxt IIBB xabar berishicha, piyoda, 22 yoshli G.I. yo‘lni belgilanmagan joyidan, piyodalar o‘tish yo‘lagidan 25 metr narida kesib o‘tayotgan bo‘lgan. Lacetti yengil avtomashinasi haydovchisi, 41 yoshli X.X. piyodani urib ketgan. Shundan so‘ng u boshqaruvni yo‘qotib, Lacetti (haydovchisi 49 yoshli Yu.A.) avtomobili bilan to‘qnashgan. Lacetti urib ketishi oqibatida piyoda 39 yoshli K.D. boshqaruvida bo‘lgan Shacman yuk mashinasi ostida qolgan.
Xabarda aytilishicha, YTH tufayli piyoda G.I. va Lacetti avtomobili yo‘lovchisi 38 yoshli O.M. voqea joyida halok bo‘lgan. Cobalt yo‘lovchisi, 23 yoshli Yu.A. tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketildi. Lacetti avtomobili haydovchisiga tibbiy yordam ambulator sharoitda ko‘rsatildi, shundan keyin u kasalxonadan chiqarildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTHga piyoda yo‘lni belgilanmagan joydan, piyodalar o‘tish yo‘lagidan 25 metr naridan kesib o‘tayotgani sabab bo‘lgan, deyiladi IIBB xabarida.
Tergov davomida Lacetti haydovchisining aybdorlik darajasi o‘rnatiladi.
LiveBarchasi