Toshkentda pistolet va jangovar patronlar saqlagan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
09 fevral
7045Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi tuzilmalari tomonidan joriy yilning 5-7 fevral kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Oriat” va “Qoradori” keng ko‘lamli tadbirlarida “Makarov” pistoletini saqlab kelgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar berdi.
Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 1980 yilda tug‘ilgan shaxs Uchtepa tumanida 1987 yilda tug‘ilgan fuqaroga tahdid qilib, uning yuz sohasiga bir necha marotaba urgani va narxi 280 AQSH dollari bo‘lgan qo‘l telefoni hamda 460 ming so‘m pullarini qo‘lga kiritib, voqea joyidan yashiringani aniqlangan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Shuningdek, ushbu shaxsning tanishi o‘zining yashash manzilida “Makarov” pistoletini saqlab kelayotgani haqida tezkor ma’lumot olingan. 6 fevral kuni 1978 yilda tug‘ilgan mazkur shaxs ushlanib, uning Uchtepa tumanidagi uyida o‘tkazilgan tintuv davomida, 1980 yilda ishlab chiqarilgan 1 dona “Makarov” pistoleti, 2 dona o‘qdon va 15 ta jangovar patronlar aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekistonga o‘qotar qurol olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingandi. U xalqaro aeroportga “Yekaterinburg-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan. Uning 1 dona yashil rangli yo‘l sumkasi tegishli tartibda tekshirilganda sumka ichida bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalariga ega bo‘lmagan 1 dona “Stalker” pnevmatik to‘pponcha hamda 860 dona o‘q borligi aniqlangan.
LiveBarchasi