Toshkentda parkinsonga chalingan erkakda koronavirus aniqlandi. U vafot etdi

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkentda koronavirusga chalingan yana bir bemor vafot etdi. U parkinson kasalligiga ham chalingan bo‘lgan. Shu bilan mamlakatdagi o‘lim holatlari 42 taga yetdi. 

Uchtepa tumanida yashovchi 64 yoshli B.K. (erkak kishi) joriy yil 1 iyuldan  Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi reanimatsiya bo‘limida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, qandli diabetning  2-turi, nafas yetishmovchiligining 1-2-darajasi, shuningdek, surunkali buyrak yetishmovchiligi  tashxisi bilan davolanib kelgan. 

2 iyul kuni undan COVID-19 infeksiyasiga namuna olingan va kasallik tasdiqlangan. Oxirgi 8 yil davomida u parkinson kasalligi bilan dispanser nazoratida bo‘lgan. Bundan tashqari, bemor 2019 yil 1 iyul kuni bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi ishemik turini ham o‘tkazgan. 

So‘nggi kunlarda bemor bir necha marta mutaxassislar tomonidan konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilganiga qaramasdan  ahvoli keskin og‘irlashgan.

Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga karamay bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Parkinson qanday kasallik? 

Pparkinson kasalligi harakat funksiyalari zararlanadigan va mushaklar nazorati susayadigan, davosi noma’lum bo‘lgan neyrodegenerativ kasallik.

Parkinson kasalligidan asosan keksalar aziyat chekadi. Olimlarning prognoziga ko‘ra, 2050 yilga borib 60 yoshdan katta bo‘lgan qariyalar soni 2 milliardga yetadi.

Tadqiqot mualliflari noxush faktlarni keltirgan. 1990 yildan 2015 yilgacha Parkinson bilan og‘rigan insonlar soni ikki barobarga ortgan. 2040 yilga borib ular soni 12 millionga yetadi. Hayot davomiyligi uzayishiga olib kelayotgan qo‘shimcha omillar va sanoatlashuvning salbiy ta’siri tufayli bu ko‘rsatkich 17 milliongacha borishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

248

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing