Otasiga qo‘l ko‘targan o‘g‘il jazolandi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent shahrida fuqaro 83 yoshli otasiga qo‘l ko‘tarib, unga tahdid qilgani haqida xabar bergan edik. Ichki ishlar vazirligi holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilayotganini ma’lum qilgandi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur holat bo‘yicha otasini urgan fuqaro javobgarikka tortilganini ma’lum qildi.

IIBB ma’lumotiga ko‘ra, holat 9 fevral kuni yuz bergan. 51 yoshli M.A. salomatligi tufayli o‘zi erkin harakatlana olmaydigan otasi V.A.ni turtib, unga qo‘l ko‘targan. Mirzo Ulug‘bek tumani IIB xodimlari va mahala vakillari M.A. blan suhbat o‘tkazgan.

Ma’muriy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi M.A.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bo‘yicha aybdor deb topgan va unga 7 kun ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

bezorilik

Baholaganlar

386

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing