Toshkentda Orlando yonib ketdi
3-sahifa
−
27 fevral 3516 1 daqiqa
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida Orlando rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 27 fevral kuni soat 13:13 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shox ko‘chasida avtomobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 13:18 da yetib borib, yong‘in soat 13:20 da o‘chirilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida “Gazel” mashinasi yonib ketgan edi. Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar bo‘lmagan.
Live
Barchasi