Toshkentda omborxonani tunab ketganlar qo‘lga olindi
Jamiyat
−
26 aprel 2019
5306Joriy yilning 24 aprel kuni noma’lum shaxslar Toshkent shahrining Chilonzor tumani Beshqo‘rg‘on mahallasida joylashgan omborxona eshik qulfini buzib kirib, u yerdan umumiy qiymati 87 969 000 so‘mlik mebel matolarini o‘g‘irlab ketganlar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi xabar qilmoqda.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Andijon tumani K.Axmedov ko‘chasida yashovchi G‘.T. va Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani Sovurtepa mahallasida yashovchi Sh.Yu.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi