Toshkentda 16 yoshli qiz bilan jinsiy aloqada bo‘lgan OIV kasalligi bor o‘quvchiga jinoiy ish ochildi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida yashovchi, OIV kasalligiga chalingan 17 yoshli maktab o‘quvchisi o‘zining 16 yoshli tanish qizi bilan jinsiy aloqa qilgani uchun unga nisbatan jinoiy ish ochildi. Bu haqda Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkentda yashovchi 17 yoshli A.K., OIV infeksiyasi bilan kasallanganligidan va OITS dispanserida hisobda turishidan xabardor bo‘la turib, tanishi 16 yoshli R.B. bilan himoyalanmagan tarzda jinsiy yaqinlik qilgan va bu bilan qizni OIV infeksiyasi yuqtirish xavfi ostiga qo‘ygan. Qonuniy himoyachisi ishtirokida bo‘lib o‘tgan xodimlar bilan suhbatda yigit o‘z aybiga to‘liq iqrorligini bildirib, quyidagilarni ma’lum qilgan.

Kasalligi tufayli u 7 yoshligidan buyon hisobda turib, muntazam ravishda ko‘rikdan o‘tib turadi. R.B. bilan bolalikdan tanish bo‘lganligi sababli, u bilan anchadan buyon yaxshi munosabatda bo‘lib, o‘smirlik davridanoq uchrashib yurgan. Munosabatlarni "kattalar" darajasiga o‘tkazishni yigit va qiz rejalashtirmagan edilar, ammo bu holat sodir bo‘lganida ularda kontratseptiv bo‘lmagan. Yigit qizni jinsiy aloqa xavfli bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgan, ammo o‘smirlik sevgisi ularning ko‘zini ko‘r qilib qo‘ygan edi. Keyinchalik yoshlar himoya vositalaridan foydalanib, birinchi holat hech qanday yomon oqibatlarga olib kelmasligidan umidvor bo‘lishgan.

Bir oz vaqt o‘tgach, o‘zini yomon his qila boshlagan qiz shifokorga murojaat qilib, 5 oylik homilasi borligidan xabardor bo‘lgan. Yigitining tashxisini bilgan qiz holatning jiddiyligini tushunib, muammosi haqida tibbiyot mutaxassislariga va yaqinlariga ma’lum qilgan.

Shu tarzda, o‘rta maktab yuqori sinflar o‘quvchisi A.K. o‘z harakatlari bilan boshqa shaxsni tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirgan. Mazkur fakt asosida IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 113 moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Holat bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar ayblov xulosasi bilan jinoiy ishlar bo‘yicha sudga ko‘rib chiqilishi uchun yo‘naltirildi.

"Ishni tergov qilgan tergovchining qayd etishicha, ushbu jinoyatni sodir etishga turtki bo‘lgan sabablardan biri, yoshlarning kasallik va uning oqibatlari haqida ma’lumotga ega bo‘lmaganliklari bo‘lgan. Shu sababli bu kabi jinoyatlarni oldini olish maqsadida keyinchalik nafaqat OIV infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar orasida, balki umuman aholi orasida ham bu kasallik haqidagi bilimni oshirish muhimdir. Bu yo‘nalishdagi ishlar muntazam ravishda tibbiyot sohasi vakillari tomonidan, o‘quv muassasalari vakillari tomonidan olib boriladi, ammo bizning fikrimizcha, bolaning bu borada axborotlashtirishda ota-onalar sezilarli hissa qo‘shishlari mumkin. Bu masalada uyat noo‘rindir: chunki gap jiddiy oqibatlar haqida ketmoqda", deyiladi IIBB xabarida.

 

Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat OIV OITS

Baholaganlar

2321

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing