Toshkentda og‘ir yuk tashuvchi mashinalar harakati ma’lum vaqt oralig‘ida cheklanadi

Jamiyat

image

Toshkentda 10 tonnadan og‘ir transport vositalarining tig‘iz vaqtlarda harakatlanishi taqiqlandi. Bu haqda  “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturiga oid Prezident farmonida keltirilgan.

Qayd etilishicha, 1 martdan boshlab Toshkent shahrida yuk tashish uchun mo‘ljallangan, ruxsat etilgan to‘la vazni 10 tonnadan yuqori bo‘lgan N2, N3, O4 toifaga kiruvchi avtotransport vositalarining harakati tig‘iz vaqt oraliqlarida taqiqlanadi. Ushbu cheklovlar maxsus xizmat, shu jumladan, kommunal xo‘jaligi, obodonlashtirish va Qurolli kuchlarning yuk transporti vositalariga tatbiq etilmaydi. 

Shuningdek, mamlakatimizda chang bo‘ronlariga qarshi kurashish va ularning salbiy oqibatlarini yumshatish doirasida hududlarda chang bo‘roni sodir bo‘layotganda va atmosfera havosida mayda dispers zarrachalari belgilangan normadan yuqori bo‘lgani aniqlanganda aholini ogohlantirish, yurak-qon tomir va nafas yo‘llari kasalliklariga chalingan hamda sog‘lig‘i havoning ifloslanishiga ta’sirchanligi yuqori bo‘lgan boshqa fuqarolarni zarur profilaktik choralar to‘g‘risida doimiy xabardor qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi belgilab qo‘yildi.

Bundan tashqari, o‘lchami 500 metr kvadrat va undan ortiq bo‘lgan qurilish maydonlarida, unga kirib-chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etish bo‘yicha majburiy talablar joriy etilishi, 2030 yilga qadar Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida “YeVRO – 5” va undan yuqori standartlariga muvofiq bo‘lmagan avtomashinalar ekspluatatsiyasi bosqichma-bosqich cheklansin, deyiladi farmonda.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent og'ir yuk tashuvchi mashinalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing