Toshkentda odamlarni urib pulini olib qo‘yganlar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida 2 kishini urib 500 dollar pulini olib qo‘ygan 4 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanida 1995 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining 4 nafar sherigi bilan birgalikda oson pul topish maqsadida 2 nafar fuqaroni urib, tan jarohati yetkazgan. Ular shu yo‘l bilan 2 nafar shaxsning 500 AQSH dollarini o‘zlashtirib olgan. 

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan guruh a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatida o‘zidan “ko‘cha” yasab olgan, “Jommi Darital”, “Malish” va “Rasul qilich” nomlari bilan tanilgan uch kishiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular qamoqqa olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

tovlamachilik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing