Toshkentda obodonlashtirish xodimlari tomonidan chinor daraxtlari kesib tashlandi
Jamiyat
−
07 iyun 2023
4811Poytaxt Toshkentning markaziy ko‘chalaridan birida bo‘lgan manzarali daraxtlar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan kesib tashlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasi 20-uyning qarama-qarshi tomonida noqonuniy ravishda 2 tup chinor (diametri 62,1 va 61 sm bo‘lgan) daraxtlari tegishli ruxsatnomasiz Yakkasaroy tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan tag qismidan kesib tashlagani aniqlandi.
Ushbu holatda O‘zbekiston Respublikasi “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning 37-moddasi talablari buzilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 avgustdagi 464-sonli qaroriga asosan o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar hisoblanganida 191,4 mln so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, xabarda holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun prokuratura organiga yuborilganligi aytib o‘tilgan.
LiveBarchasi