Toshkentda noma’lum erkak maktab o‘quvchisining qo‘lidan tortib, sudrab olib ketmoqchi bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
20 fevral 2023 14815 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum erkak kishi yosh bolani qo‘lidan ushlab tortgani va bola undan qochib ketgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.
Kecha, 19 fevral kuni soat 12:35 larda Yashnobod tumani Aviasozlar-2 dahasidagi 151-sonli maktabda noma’lum shaxs shu maktab o‘quvchisi – 2011 yilda tug‘ilgan M.O.ni to‘xtatib, qo‘lidan ushlab unga savol bergan.
Voyaga yetmagan M.O. ushbu shaxsni tanimagani sababli u bilan gaplashmasligini bildirib, qo‘yib yuborishini aytgan. So‘ng bola uyiga ketgan.
Qayd etilishicha, bola hozirda ota-onasining yonida sog‘-salomat holatda.
Mazkur holat yuzasidan tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
O‘rganishlar jarayonida videoda aks etgan shaxs 1994 yilda tug‘ilgan M.U. ekani aniqlangan.
Live
Barchasi