Toshkentda nogiron bolani kaltaklagan tarbiyachi “hayfsan” oldi
3-sahifa
−
13:35
1696
Avvalroq, Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida bog‘cha tarbiyalanuvchisi bog‘cha opasi tomonidan kaltaklangani haqida xabar berilgandi. Nogiron bolani kaltaklagan ushbu tarbiyachiga “hayfsan” berildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 17 dekabr kuni S.S ismli ayol 2020 yilda tug‘ilgan farzandi MTMda tarbiyachi tomonidan kaltaklangani to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilgan. Murojaat asosida joriy yilning 22 noyabr kuni videokameradagi qaydlar tekshiruvi asosida Olmaliq shahridagi 19-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi D.Q.ning 4 yoshli S.A. ismli o‘g‘il bola tarbiyalanuvchiga tan jarohati yetkazgani aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, voyaga yetmagan S.A.ga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Kasbiy majburiyatlarini buzgan tarbiyachi D.Q.ga esa “hayfsan” intizomiy jazosi qo‘llangan.
Bolalar ombudsmaniga ko‘ra, tergovga qadar tekshiruv natijasi asosida holatga huquqiy baho berilishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida o‘g‘il bolaga qizlar kiyimini kiydirib, uning lab va yuzlarini bo‘yagan tarbiyachi ishdan bo‘shatilgandi.