Toshkentda Nexia va mototsikl to‘qnashdi. Bir kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Bugun, 14 aprel kuni Nexia va mototsik ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Taxminan soat 08:20 da Ziyolilar ko‘chasidagi Uzavtotrans binosi qarshisida 33 yoshli Toshkent viloyatilik Nurlan M. boshqaruvidagi Nexia va 30 yoshli Arsen A. boshqaruvidagi “RS200S” mototsikli to‘qnashuvi ro‘y berdi.

To‘qnashuv oqibatida mototsiklchi badan shikastlari sababli voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvga yengil avtomobil haydovchisi qayta burilish vaqtida harakat ustuvorligiga ega bo‘lgan transportni mensimagani sabab bo‘lgan.

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

120

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing