Toshkentda Namangandagidan ham ko‘proq sumalak tayyorlanadi
Jamiyat
−
21 mart 2019
6986Joriy yilning 29 va 30 mart kunlari Toshkent shahrida 7 tonnalik rekord darajadagi sumalak tayyorlnadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Rekord miqdordagi sumalak tayyorlash tadbiri Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi va “Coca-Cola Uzbekistan” kompaniyasi tomonidan tashkil qilinyapti. Tashkilotchilar poytaxtning barcha aholisi va mehmonlarini 7 tonna sumalakni tayyorlashda ishtirok etishga chaqirgan.
“29 va 30 mart kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi “Central Park” ya’ni Markaziy istirohat bog‘ida, sizlarni unitimlas musiqiy va ko‘ngilochar dasturlar, shuningdek, tajribali oshpazlar tomonidan tayyorlanadigan xalqimizning sevimli taomlaridan bahramand bo‘lishga taklif etamiz”, deyiladi qo‘mita xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida 6 tonnalik sumalak tayyorlandi. Sumalakni tayyorlash tadbiri “Sumalak sayli” ikkinchi turizm va milliy qadriyatlar festivali doirasida o‘tkazildi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15