Toshkentda mudhish YTH: Lacetti'da ikki kishi yonib ketdi

3-sahifa

image

Kecha, 10 oktyabr kuni Toshkent shahar, Yakkasaroy tumanida Lacetti yo‘l-transport hodisasiga uchrab, yonib ketdi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB xabar berdi.

YTH soat 21:00 larda, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan "Anjir" restorani ro‘parasida yuz bergan. Haydovchi, 2002 yilda tug‘ilgan Sh.N. Lacetti rusumli avtomobilda harakatlanayotib ushbu boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l o‘rtasidagi yoritish chirog‘i ustuniga urilgan.

To‘qnashuv oqibatida avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan. O‘t o‘chiruvchilar tomonidan yong‘in bartaraf qilingan. Hodisa natijasida haydovchi Sh.N. va bir nafar yo‘lovchi vafot etgan. 2 nafar yo‘lovchilar tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi tergov bo‘limi va YHXB xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilib, YTH sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

449

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing