Toshkentda mudhish YTH! 40 yashar ayol qurbon bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 15 sentyabr kuni poytaxtning Abay va Navoiy ko‘chalari chorrahasida ro‘y bergan mudhish yo‘l-transport hodisasi natijasida bir kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda. 

15 sentyabr soat 13:30 da Abay va Navoiy ko‘chalari chorrahasida ikkita avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Nexia-2 avtomobili haydovchisi Navoiy ko‘chasi bo‘ylab ketayotganda, chorrahada chapga buriliyotib, asosiy qo‘lda harakatlanib kelayotgan oq rangdagi Nexia-3 rusumli avtomobiliga yo‘l bermagan. 

Natijada Nexia-3 Nexia-2 bilan to‘qnashdi. Ikkala mashinaning haydovchilari jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Nexia-2 rusumli avtomashinaning oldingi od o‘rindig‘ida o‘tirgan  1979 yilda tug‘ilgan Dilorom H.  jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. 

Ushbu avtomashinaning yana ikkita yo‘lovchisi – orqa o‘rindiqda bo‘lgan ayol (shaxs aniqlangan) uch yoshli bolasi bilan jarohatlangan va shifoxonaga yetkazilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

182

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing