Toshkentda Milliy gvardiya xodimi o‘zini otib qo‘ydi
3-sahifa
−
17 Oktabr 2023
24738Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida Milliy gvardiya qo‘riqlash xodimi unga biriktirilgan qurol bilan o‘zini otib qo‘ygani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi.
Unga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Ushbu voqea bugun, 17 oktyabr kuni sodir bo‘lgan.
Tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, holat Olmazor tumani prokuraturasi binosida yuz bergan. Hozircha Milliy gvardiya xodimi o‘z joniga nima uchun qasd qilgani ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanidagi “Vodil” aholi punktida xizmat olib borayotgan chegarachilar spirtli ichimlik ta’sirida ularga faol qarshilik ko‘rsatgan ikki fuqaroni otib qo‘ygandi.
LiveBarchasi