Toshkentda metro bekatlarining biridan shubhali paket topildi
3-sahifa
−
14 Sentabr 2021
26050Ijtimoiy tarmoqlarda metro bekatida shubha uyg‘otgan, qarovsiz qoldirilgan paket sabab tezkor tekshiruv boshlangani aytilgan video tarqalgandi. Ushbu holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligining Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti izoh berdi.
Unga ko‘ra, ushbu holat kecha, 13 sentyabr kuni soat 16:34 da Toshkent metropolitenining “Paxtakor” bekatida kuzatilgan.
Aniqlanishicha, metropolitenda egasiz qoldirilgan sellofan paket 21 yoshli qashqadaryolik B.I.ga tegishli bo‘lib chiqqan.
Ma’lum qilinishicha, B.I. buyumlarini shoshganida unutib qoldirib ketganligini aytgan. U kelgusida bunday holatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tilxat yozib, ichida erkaklar kiyim-kechaklari bo‘lgan paketni olib ketgan.
LiveBarchasi