Toshkentda mast fuqaro “uchastkoviy”larni pichoq bilan quvladi

3-sahifa

image

Joriy yilning 13 avgust kuni Toshkentda mast fuqaro xonadoniga kelgan profilaktika inspektorlarini pichoq bilan quvladi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 13 avgust kuni soat 23:00 da tungi xizmatda bo‘lgan Yangihayot tumani IIB ikki nafar profilaktika inspektorlari tushgan xabarga ko‘ra, xonadonlarning biriga borishgan. 

Xonadonda yetib kelgach, probatsiya xizmatida hisobda turuvchi 35 yoshli mahkum mast holda turmush urtog‘i bilan janjallashib, quvib yurganini ko‘rishgan va uni tinchlantirmoqchi bo‘lishgan.

“Biroq, mahkum ularga faol qarshilik ko‘rsatgan va bu jarayonga uning turmush o‘rtog‘i hamda onasi aralashib, profilaktika inspektorlari xizmat kiyimlarini yirtishgan.

Shu paytda mahkum uyidan oshxona pichog‘ini olib chiqib, ikkala qo‘li bilak sohasini kesib o‘ziga tan jarohati yetkazgan va profilaktika inspektorlariga pichoq bilan tahdid qilib, quvlagan”, deyiladi rasmiy ma’lumotda.

Shu vaqt, profilaktika inspektorlari tomonidan qo‘shimcha yordam hamda tez tibbiy yordam xodimlari chaqirilgan va jabrlangan mahkum shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan tekshirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

291

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing