Toshkentda mast haydovchi “avariya”ga uchradi
3-sahifa
−
08 fevral
3664Bugun, 8 fevral kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumanida mast haydovchi yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yangihayot tumanining “Navqiron” MFY hududidagi 30-uy qarshisida davlat raqam belgisi 70 A 816 WA bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib to‘xtab turgan 2 ta Cobalt avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etib, to‘qnashuvdan so‘ng temir ustunga borib urilgan.
Yuqoridagi holat yuzasidan voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borgan YPX inspektorlari, guvohlar va haydovchi bilan suhbat jarayonida haydovchi o‘z so‘zidan mast holatda ekanini ma’lum qilgan.
YTH oqibatida Lacetti haydovchisiga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida 3 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, oqibatda bir piyoda halok bo‘lgandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

