Toshkentda Malibu YTHga uchrab, tik holatda turib qoldi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 26 mart kuni soat taxminan 21:00 larda tumanning Shota Rustaveli ko‘chasidagi Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi qarshisida 2002 yilda tug‘ilgan A.Sh. Malibu-2 rusumli avtomashinani boshqarib kelayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan.Oqibatda yo‘l chetidagi to‘siqqa urilgan va yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Avtohalokat oqibati aks etgan suratlarda ko‘rish mumkinki, mashina yo‘l chetidagi daraxt yonida tik holatda turib qolgan.

Malibu-2 rusumli avtomashina yo‘lovchisi 2006 yilda tug‘ilgan A.A.ga shifokorlar tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.

“Holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing