Toshkentda maktabdagi daraxtlarni kesgan erkakka jinoyat ishi ochildi

3-sahifa

image

Poytaxt Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi umumta’lim maktab hududida 26 ta tup daraxt kesilishi ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, joriy yilning 28 may kuni fuqaro S.A. tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan maktab (sobiq 171-umumta’lim maktabi) hududida 26 tup gledichiya daraxti noqonuniy ravishda kesilgan. Oqibatda o‘simlik dunyosiga 312 180 000 so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 may kuni daraxtlar mazkur maktabga tutash hududni egallagan garaj xo‘jaligi vakili tomonidan kesilgani aytilgandi. Shuningdek, buning ortidan Toshkent shahar hokimligi, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi hamda Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi o‘rganish ishlari olib borilayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab jinoyat ishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing