Toshkentda maktab va bog‘chadan bolalar o‘g‘irlandimi? IIBB izoh berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 27 aprel kuni Toshkent shahrida maktab va bog‘chadan beshta bola o‘g‘irlangani haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur xabarlarga munosabat bildirib, bola o‘g‘irligini rad etdi.

“Mazkur xabar yolg‘on bo‘lib, Toshkent shahrida bola o‘g‘irligi qayd etilmaganligini ma’lum qilamiz.

Hurmatli fuqarolar va shahrimiz mehmonlari! Har qanday ma’lumotni tarqatishdan oldin rasmiy tashkilotlardan ma’lumot olishni tavsiya etamiz. Unutmang! Yolg‘on xabar tarqatganlik uchun javobgarlik bor!”, deyiladi IIBB munosabatida.

Qayd etilishicha, hozirda bu kabi yolg‘on xabarlarni tarqatayotgan shaxslar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB

Baholaganlar

335

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing