Toshkentda maktab o‘quvchilari “amerikacha mushtlashuv” uyushtirdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumanidagi maktablardan birida o‘quvchilarning mushtlashuvi aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, videodagi holat joriy yilning 15 mart kuni Olmazor tumanidagi 134-maktabning orqa tomonidagi stadionda yuz bergan. Maktabning 8-“B” sinf o‘quvchilaridan bir guruhi Amerika kinosiga taqliddan o‘zaro mushtlashuv uyushtirib, tasvirga olgani aniqlangan.

Shuningdek, maktab ma’muriyati o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari bilan muloqot o‘tkazgan. 

“O‘quvchilar bu xatti-harakatlari uchun kechirim so‘ragan. Ularning o‘zaro munosabatlari do‘stona, darslarda muntazam qatnashib kelmoqda”, deyiladi xabarda.

Hozirda holat yuzasidan Olmazor tumani IIO FMB xodimlari tomonidan tergov-surishtiruv harakatlari boshlangan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent amerikacha mushtlashuv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing