Toshkentda maktab o‘qituvchilarining attestatsiya testini topshirish kuni ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida maktab o‘qituvchilarining attestatsiya testini topshirish kuni aniq bo‘ldi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oliy va o‘rta maxsus vazirligi kasb-hunar ta’lim markazining 2019 yil 25 fevraldagi “Kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalarida umumta’lim, chuqurlashtirilgan va kasbiy ta’lim fanlari pedagog kadrlarini (ishlab chiqarish ta’lim ustalarini) attestatsiyadan o‘tkazish uchun kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq ta’limi vazirligining 27 fevraldagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasida oliy malaka toifasiga talabgor pedagog kadrlar attestatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha attestatsiya komissiyalari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorlari qabul qilindi.

Mazkur qo‘shma qarorda birinchi va oliy malaka toifali,  yetakchi va bosh o‘qituvchi lavozimidagi hamda mazkur malaka toifalari va lavozimlarga talabgor pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish hamda davlat inspeksiyasi tomonidan o‘tkaziladigan o‘quv fani bo‘yicha malaka test sinovlarida ishtirok etishlarini ta’minlash vazifalari belgilab berildi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining buyrug‘i asosida Toshkent shahar umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan oliy va birinchi malaka toifali hamda mazkur malaka toifalarga talabgor pedagoglarning test sinovlari 2019 yil 4 mart kuni Fizika, Matematika, Informatika,  Nemis tili, Fransuz tili; 5 mart kuni O‘zbek tili, Ona tili va adabiyoti, Rus tili, Rus tili va adabiyoti; 6 mart kuni Kimyo, Biologiya, Tabiiyot va geografiya, Ingliz tili, 7 mart kuni Tarix, Milliy istiqlol g‘oyasi, Davlat va xuquq asoslari, Iqtisodiy bilim asoslari, Musiqa madaniyati,  Tasviriy san’at va chizmachilik, Jismoniy tarbiya, Mehnat; 9 mart kuni Boshlang‘ich ta’lim fan o‘qituvchilarga malaka test sinovlari bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab attestatsiya o'qituvchi

Baholaganlar

68

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing