Toshkentda lift katta tezlikda pastga tushishidan 11 kishi jarohatlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli uyda pastga tushayotgan lift nosozlik sababli tezlashib, pastga tushib ketdi. Oqibatda 11 kishi jarohat oldi, ulardan 3 nafari shifoxonada qolmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, voqea kecha, 18 iyun 16:15 larda tumanning “Yangi Darxon” mahallasi Navro‘z ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning yuk tashish uchun mo‘ljallangan liftida sodir bo‘lgan. Lift yuqoridan pastga tushayotgan vaqtida texnik nosozlik tufayli tezlashib, 1-qavatga yaqinlashganda liftning avtomatik tormoz tizimi ishga tushib to‘xtagan.

Oqibatda unda bo‘lgan 11 nafar fuqaro turli darajada yengil tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib ketilgan.

Hozirda shifoxonadan 8 nafar fuqaroga uyiga ruxsat berilgan, qolgan 3 nafariga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent lift

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing