Toshkentda LI XIANG Cobalt’ni majaqlab yubordi
3-sahifa
−
30 aprel 10680 1 daqiqa
Kecha, 29 aprel kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Cobalt va LI XIANG avtomashinalari o‘rtasida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 22:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Movarounnaxr-Mahadma Gandi ko‘chalari chorrahasida 1976 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinasi hamda 2001 yilda tug‘ilgan D.T. boshqaruvidagi LI XIANG rusumli avtomashinalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Yo‘l transport hodisasi oqibatida Cobalt avtomashinasining 2 nafar yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Bildirilishicha, sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 aprel kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Hyundai avtomobili Kavaski rusumli mototransport vositasi bilan to‘qnashib ketgandi va oqibatda Kavaski haydovchisi vafot etgan edi.
Live
Barchasi