Toshkentda Lacetti urib ketgan piyoda vafot etdi
3-sahifa
−
07 iyun 2021
4052Joriy yilning 1 iyun kuni Toshkentning Olmazor tumanida Lacetti ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
YTH taxminan soat 22:40 da Olmazor tumani A. Qodiriy ko‘chasida yuz bergan. Buxoro viloyatilik 1996 yilda tug‘ilgan Shamshod Q. ishonchnoma asosida Lacetti (davlat raqami 80 Q 454 DA) avtomobilini boshqarish davomida yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyodani urib yuborgan.
YTH oqibatida piyoda – 1986 yida tug‘ilgan Andijon viloyatilik Abror M. badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramasdan, joriy yilning 2 iyun kuni Abror M. hayotdan ko‘z yumgan.
Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.
LiveBarchasi