Toshkentda Lacetti bilan to‘qnashgan Nexia yonib ketdi 

3-sahifa

image

Kecha, 13 oktyabr kuni Toshkent shahrida Lacetti va Nexia ishtirokida yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Buning oqibatida Nexia rusumli avtomobilning bir qismi yonib ketdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi Matubot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea soat 22:30 da poytaxtning Shayxontohur tumanida yuz bergan. 1989 yilda tug‘ilgan Sh.M. boshqaruvidagi Lacetti hamda 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi D.Q. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Buning ortidan Nexia avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in bartaraf etilgan. To‘qnashuv va yong‘in oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalariga zarar yetgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur hodisa yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.  

Eslatib o‘tamiz, bugun, 14 oktyabr kuni Samarqand viloyatida Nexia ag‘darilib, yonib ketdi. Bundan avval, 11 oktyabr kuni Toshkentda mudhish YTH yuz berib, salonida ikki kishi bo‘lgan Lacetti yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

32

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing