Toshkentda ko‘p “svet” o‘chirilayotganiga bahona bormi?
Jamiyat
−
18 iyul 2023
4645So‘nggi oylarda Toshkent shahridagi elektr uzilishlarining katta qismini soha mutasaddilari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasidagi rejali ta’mirlash ishlari bilan izohlamoqda. Xususan bugun, 18 iyul kuni ayni sabab bilan poytaxtning 3 ta tumanidagi ayrim MFYlar elektr tarmog‘idan vaqtincha uzilgani haqida xabar berilgan edi. Bular:
• Uchtepa tumani: “Oq masjid” va “Xurshid” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 15:00 gacha;
• Yakkasaroy tumani: “Rakatboshi” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
• Yashnobod tumani: “Bahor” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali ta’mirlash ishlari tufayli mazkur hududlarni elektr ta’minotidan vaqtinchalik uzib qo‘ygan. Shuningdek, mas’ullar uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun mahalliy aholidan uzr so‘ragan.
Odatda bu kabi holatlar jamiyatning matbuot xizmati tomonidan bir kun avval e’lon qilib borilardi. Biroq bugun, 18 iyul kuni Yunusobod tumanidagi 3- va 8-kvartallar, Eski Yunusobod, Elnur, Amir Temur ko‘chalari, 17-kvartal (sanoat zonasi) va 10-kvartalda (Islomobod mahallasi) elektr ta’minoti 2 soatga to‘xtatilgan. Faqat 17-kvartalda elektr ta’minoti 2 soatga bormay qayta tiklangan. Tuman elektr tarmoqlari korxonasi 110 kV lik elektr uzatish liniyalarining yuklanganlik darajasi ortib ketganini ma’lum qilgan.
“Ma’lumki, havo isib ketganligi natijasida elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortib joylardagi mavjud past kuchlanishli elektr uzatish qurilmalarida avariyali uzilish holatlari yuzaga kelmoqda.
Xususan, Chilonzor tumani “2-Charx Kamolon” mahallasi Zebiniso ko‘chasi hududidagi aholi yashash xonadonlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi TP-1322-sonli transformator punktida yuklamaning ortib ketishi natijasida qisqa tutashuvida yong‘in sodir bo‘lgan”, deyilgan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xabarida.
LiveBarchasi